Yangiliklar

KUN TARTIBIDA – KONCHILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI


11-12 noyabr kunlari Navoiy davlat konchilik institutida Evroosiyo fanlar akademiyasining ilk bora yurtimizda tashkil etilgan I-Evroosiyo konchilik Kongressi bo‘lib o‘tayapti. Tadbirda yurtimizning konchilik sohasi etakchi olimlari bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Rossiya va Mongoliya davlatlaridan ham tarmoq ekspertlari, olimlari oflayn va onlayn tarzda ishtirok etmoqda.

– Mamlakatingiz erosti zahirasiga boy, oltin zahiralari ko‘pligi va ishlab chiqarishdagi quvvati bilan ham mubolag‘asiz O‘zbekiston MDH davlatlari orasida etakchilik qiladi, – deydi Qozog‘iston Fanlar akademiyasi akademigi, D.Kunayev nomidagi konchilik ishi instituti direktori N.Buktukov.

Kongressda geotexnologiya va mineral xomashyoni qayta ishlash, fizika-kimyo texnologiyasi, mashinosozlik, konchilik sohalari bo‘yicha beshta seksiyaga bo‘linib, 100 ga yaqin ilmiy ma’ruzalar muhokama qilinadi.

 

NDKI Axborot xizmati