Yangiliklar

ONA TILIM, SEN BORSAN SHAKSIZ!


Navoiy davlat konchilik institutida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan “Ona tili – bu millatning ruhidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda institut prorektori J.Nazarov, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi viloyat bo‘limi a’zolari, “NKMK tarixi” muzeyi mudirasi Salima Xoldorova, yosh ijodkorlar va institut talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda Har bir millat, har bir xalqning muqaddas hisoblangan tiliga egaligi, millatning tarixi va madaniyatini o‘zida mujassam etishi, u jamiyatni rivojlantirish omili, davlatning suverenligini ko‘rsatuvchi belgilardan biri ekanligi e’tirof etildi.

 

NDKI Axborot xizmati