O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan e’lon
qilingan professor-o’qituvchilar, doktorantlar va
iqtidorli talabalar o’rtasida
birinchi va ikkinchi Renessans davri va yutuqlari, yangi Renessans poydevorini
yaratish masalalariga bog’liq
“Yangi O’zbekistonning
iste’dodli
yoshlari” yilning eng yaxshi maqolalar tanlovida Navoiy davlat konchilik
instituti 25-19 IQ guruh talabasi
Xudoyberdiyev Olimjon Furqat o’g’li g’olib deb topildi. Ushbu yutuq
bilan iste’dodli talabamizni, uning ota-onasi
va ustozlarini tabriklaymiz!
Xudoyberdiyev
Olimjon Navoiy davlat konchilik institutida hamda Respublika miqyosida o’tkaziladigan
tadbirlarda faol qatnashib, bir qator diplom, sertifikat va tashakkurnomalar
bilan taqdirlangan. Xususan kitobxonlik, zakovat, fan, axborot texnologiyalari va
ilmiy maqolalar tanlovlarida e’lon qilgan materiallari tadbirlar
tashkilotchilarining e’tiroflariga sazovor bo’lgan. U iqtisodiyot yo’nalishidagi ingliz, rus tillaridagi
materiallarni ham yig’ib, ularni qunt bilan o’rganishga intilishi bilan ajralib
turadi.