Oliy ta’lim tizimidagi xalqaro hamkorlik soha rivojining
ob’yektiv trendi hisoblanadi.
Xalqaro ta’lim bo’yicha AQSH Kengashi dasturi bo’yicha Navoiy davlat konchilik instituti
va Kolorado konchilik universiteti (MINES) hamkorligidagi “Capacity Building
Initiative” xalqaro loyihasi doirasida minerallarni qazil olish, qayta ishlash muhandisligi
bilan bog’liq konchilik, metallurgiya, kimyo, energetika, mashinasozlik sohalaridagi
ta’lim imkoniyatlarini rivojlantirish bo’yicha hamkorlik amalga oshirilayapti. Kelgusida
o’zaro talaba almashinuvi, tezlashtirilgan
o’quv dasturlari, ilmiy salohiyatni oshirish kabi ta’lim va tadqiqot sohalarida
hamkorlik qilinadi.
Joriy yil 27-28
sentyabr kunlari Kolorado konchilik universiteti professorlari Devid Rayt va Jamal
Rostami institutda bo’lib, professor-o’qituvchilar
va tadqiqotchilar uchun amaliy seminar va talabalar uchun o’quv-mashg’ulotlarini o’tdilar.
NDKI
Axborot xizmati