Yangiliklar

TALABALAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI


Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 aprel kunidagi “Respublika hududlari aholi xonadonlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va tadbirkorlik sub’ektlarida tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi, qattiq yoqilgi yoki neft mahsulotlaridan yoqilgi sifatida foydalanishda baxtsiz xodisalarning oldini olish hamda gazdan foydalanishda   xavfsizlik qoidalari va talablariga rioya etilishini ta’minlash togrisida”gi 207-F sonli farmoyishi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik korish boyicha ishlab chiqilgan amaldagi me’yoriy hujjatlar hamda is gazidan zaxarlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashini oldini olish  va boshqa amaldagi qonun hujjatlarning asl mazmun mohiyatini keng omma e’tiboriga etkazish yuzasidan bir qator amalga oshirilishi lozim bolgan  targibot tadbirlari  otkazilishi belgilab otilgan.

 

Bu borada “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasida Yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi va uning quyi tizimlari tomonidan muhofaza qilinayotgan ob’ektlarda ushbu tadbirlarni olib borish bo’yicha tezkor shtab, ishchi guruhi va amalga oshirilishi lozim bo’lgan tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o’ta muhim va toifalangan ob’ektlarda yong’in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish boshqarmasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKda Yong’in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi  xodimlari tomonidan mavsum davomida favquloddagi holatlarni va is gazidan zaxarlanishni oldini olish borasida ko’plab targ’ibot tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan yana biri Navoiy shahrida joylashgan NKMK DK tasarrufidagi Navoiy Davlat Konchilik institutining talabalar yotoqxonasi hovlisida o’tkazildi.

 

Talabalar yotoqxonasining hovlisida yig’ilgan ishchi-xizmatchilar va talabalar e’tiboriga respublikamizda va dunyoda hamda boshqa sodir bo’layotgan yong’inlar, is gazidan zaxarlanish va siqilgan gaz ballon va boshqa shu kabi mudxish xodisalarni keltirib chiqaruvchi omillarni jamiyatimizga etkazilayotgan zararlari, bu ko’rinishdagi favqulodda holatlarda qanchalab insonlarning bevaqt olamdan ko’z yumishlari yoki bo’lmasa voyaga etmagan farzandlarimizning is gazi va shunga o’xshash noxush holatlardan jabr ko’rayotganlari to’g’risida ma’lumotlar berildi. Yig’ilgan ishchi va talabalarga mutaxassislar tomonidan kundalik hayotda tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini yodda tutish va unga rioya qilish oila a’zolaringiz hamda yaqin atrofdagilaringizni xavfsizligini ta’minlaydi. Yonilg’i mahsulotlari ichida boshqalariga nisbatan xavfliroq bo’lgani bu tabiiy gaz hisoblanishini, tabiiy gazni to’liq yonmasligi gaz oqimini behosdan uzulib qolishi, xona ichida gaz to’planishi, gazni yoqib qarovsiz qoldirish isitish tizmlariga gazni ulashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida portlash va yong’in sodir bo’lishi hamda is gazlaridan zaxarlanish holatlari bilan bog’liq baxtsiz xodisalar sodir bo’lishi mumkinligini, shuningdek, aholi tomonidan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qo’lbola nostandart gaz jixozlaridan foydalanish gaz tarmoqlariga rezina shlanglar ulash nosoz holatdagi dudburonlardan foydalanish hamda xonadon ichida ochiq olovdan isitish maqsadida foydalanish holatlarining uchrab turishi, fuqarolarning is gazidan zaharlanishiga hamda havo va gaz aralashmasining chaqnashi natijasida jabirlanish hatto halok bo’lishiga sabab bo’lishi to’g’risidagi bir qancha ma’lumotlar misollar bilan tushintirildi.

 

Shundan song muassasa hududida yongin ochirish va qutqaruv texnikalarining korgazmali namoyishi ham otkazildi. Tadbir ishtirokchilariga yongin xavfsizligi mutaxassislari tomonidan yongin va is gazidan  ogohlantiruvchi targibot materiallari tarqatildi.

 

O’tkazilgan targ’ibot tadbirida favqulodda holatlar sodir bo’lganda nimalarga e’tibor berish zarurligi, uni oldini olish choralari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Bo’lib o’tgan uchrashuv savol-javoblarga boy bo’lib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi.