Yangiliklar

NKMK tomonidan 6-gidrometallurgiya zavodi quriladi


2021 yil 10 sentabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pistali” konida tarkibida oltin bo’lgan maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (6-GMZ)” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori qabul qildi. 

Mazkur qarorga muvofiq, investitsiya loyihasining umumiy qiymati 274 mln 668,9 ming dollarni tashkil etadi. Ushbu ishlab chiqarish obyekti – 6-gidrometallurgiya zavodi Navoiy viloyati Nurota tumanida 2024 yil dekabr oyida foydalanishga topshiriladi. Buning natijasida Navoiy kon-metallurgiya kombinatida yiliga tarkibida oltin bo’lgan 4 mln tonna maʼdanlarni qazib olish bo’yicha qo’shimcha quvvatlar tashkil etiladi.

Ushbu investitsiya loyihasi NKMK mablag’lari va xorijiy banklarning kreditlari evaziga amalga oshiriladi.