Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali
Hindiston Respublikasining Karnataka Surathkal milliy texnologiya instituti
bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Onlayn uchrashuvda Karnataka Surathkal milliy
texnologiya instituti rektori Karanam Umamaheshwar Rao va Navoiy davlat
konchilik instituti Nukus filiali direktori Atabek Kaipbergenov ikki oliy ta’lim
muassasalari o’rtasidagi o'zaro hamkorlikning ahamiyatlari xususida to’xtalib o’tishdi.
Hamkorlikning asosiy maqsadi - Hindiston va O’zbekiston
Respublikalari oliy o’quv yurtlari o’rtasida
ta’lim va fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlash, soha mutaxassislarining malakasini muntazam
takomillashtirish, texnik ta’lim va fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish,
ma’ruzalar o’qish, seminar va ilmiy maslahatlashuvlarni birgalikda o’tkazish,
nufuzli xalqaro jurnallarda tadqiqot natijalarini e’lon qilishda o’zaro
hamkorlikdan iborat.