O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 7 iyuldagi maxsus Farmoni bilan kon-metallurgiya sanoati uchun zarur mutaxassislarni tayyorlash maqsadida
Navoiy davlat konchilik instituti tashkil etildi.
26 yildirki, ushbu sana institut jamoasi uchun muhim kun
sifatida e’tirof etiladi. Institutda Konchilik, Energo-mexanika, Kimyo-metallurgiya
fakultetlari va Nukus filiali samarali faoliyat yuritmoqda.
2016 yilda institutning
yangi qurib foydalanishga topshirilgan o’quv binosi Navoiy shahriga ko’rk baxsh
etishi bilan birga zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan.
Institutda tahsil olayotgan 5 ming nafarga yaqin talabalarga
207 nafar professor-o’qituvchi ta’lim
berib kelmoqda. Ularning 28 nafari fan doktori va professorlar, 58 nafari fan nomzodi
va dotsentlardir.
NDKI
Axborot xizmati.