Yangiliklar

OLIY TA’LIMGA E’TIBOR OSHMOQDA


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyun kuni oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda oliy ta’lim sohasidagi dastlabki islohotlar, avvalo, qamrovni oshirish, institut va universitetlarning moliyaviy holatini yaxshilash, professor-o‘qituvchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratildi.

Jumladan, oxirgi 3 yilda oliy ta’lim muassasalari soni 65 tadan 117 taga etdi, qabul o‘rinlari 66 mingtadan 181 mingtaga oshdi. Ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Xorijiy mamlakatlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida 64 ta yangi kasb bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Professor-o‘qituvchilarning maoshi o‘rtacha 3,5 baravarga oshirilgani e’tirof etildi.

Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar  Navoiy davlat konchilik instituti rektorati, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari ishtirokida muhokama qilindi.

 

NDKI Axborot xizmati.