Yangiliklar

YOZUVCHI VA KINODRAMATURG SHOYIM BO’TAYEV BILAN UCHRASHUV


Taniqli yozuvchi, kinodramaturg Shoyim Bo’tayev joriy yilning 10-14 iyun kunlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati bo’linmalarida va Navoiy davlat konchilik institutida bo’lib, ishchi-xodimlar, soha ilg’orlari, olimlar va yoshlar bilan suhbat qurdi. Kelgusida shonli kombinatning ishlab chiqarish qudrati, islohotlarning jadal borishida soha mutaxassislari, ayniqsa yoshlarning o’rni to’g’risida hujjatli film tayyorlanayapti.

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “O’zbekkino” Milliy agentligi Badiiy kengashi a’zosi Shoyim Bo’tayevning “Qo’rg’onlangan oy”, “Shox”, “Ettinchi tong” romanlari, qator qissa va hikoyalari, “Orfey iltijosi xaloskori” esselari kitobxonlar orasida o’z muxlislariga ega.

Navoiy davlat konchilik institutida Shoyim Bo’tayev bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. “Yoshlar oyligi” doirasida o’tgan tadbirda ishtirok etgan  talabalar O’zbek adabiyoti va kitob mutolaasi borasida o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.