Navoiy davlat konchilik institutida o’qituvchi-talabalarni sportga oshno etish, sog’lomlashtirish
va doimiy rag’batlantirib borishdek ezgu tashabbuslar har jihatdan muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Ana shunday tashabbusli musobaqalardan biri – futbol bo’yicha talabalar
o’rtasida o’tkazib kelinayotgan institut ligasidir.
Bugun 4803 ming nafar talaba-yoshlar tahsil olayotgan va
203 nafar o’qituvchi-professor mehnat qilayotgan institutda ham futbol ixlosmandlari
ko’plab topiladi.
... Kecha Navoiy davlat konchilik instituti yashil futbol
maydonida musobaqalar qiziqarli va murosasiz
o’tdi. “Energetika” jamoasi ikki taymlik bellashuvda raqibiga hech qanday imkoniyat
qoldirmadi. Ya’ni, 6:1 hisobdagi yirik g’alaba bilan g’oliblikni qo’lga kiritdi.