O‘RGANISH, IZLANISH VA INTILISHDAN ASLO TO‘XTAMANG!
Yurtimizdagi umumta’lim maktablarida 438 ming nafar o‘quvchi-yoshlar mustaqil hayot ostonasiga qadam
qo‘ymoqda. Har yili bo‘lgani kabi joriy yilda ham 25 may sanasi maktab bitiruvchilari
uchun hayajonli va unutilmas kun sifatida xotiralarda qoladigan bo‘ldi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, professor Quvondiq Sanaqulov
2020-2021 o‘quv yili yakunlanishiga bag‘ishlab
Navoiy shahridagi 1-sonli ayrim fanlar
chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o‘tkazilgan
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi. U tantanada Prezidentimizning bitiruvchilarga
yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Tabrikni mustaqil hayot ostonasida turgan
o‘quvchilar, ularning ota-onalari va
ustozlari katta qiziqish hamda hayajon bilan tingladilar. Mamlakat rahbari tomonidan
bitiruvchilarga bunday murojaat ilk bor yo‘llanayotgani alohida e’tirof etildi.