Joriy yilning 21 may kuni
Navoiy davlat konchilik instituti faollar zalida talabalar hamda psixologlar
ishtirokida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash: taklif va mulohazalar”
mavzusida institut talaba qizlari uchun seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirni
o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad – yoshlarga namunali
oilalarning hayotiy tajribasini ommalashtirish, yoshlarni oilaviy hayotga
tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik
asoslarini o’rgatish, umuminsoniy va milliy, oilaviy qadriyatlarni, ilg’or
xorijiy tajribalarni tahlil qilish asosida oilalarda ma’naviy-ahloqiy
qadriyatlarni mustahkamlash, eng asosiysi oilaviy ajrimlarning oldini olishdan
iborat. Seminarda viloyatimizdagi konchilik va pedagogika institutlari psixologlari
va “Ijtimoiy-gumanitar fanlari” kafedralari professor-o’qituvchilari
faol ishtirok etdi.
NDKI Axborot xizmati.