Navoiy
davlat konchilik institutida “9 may -
Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab “Xotira bor ekan - Millat barhayot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda institut rektori, professor Q.Sanaqulov ishtirok
etdi va nutq so‘zladi. So‘ngra tashkilotchilar - institut prorektori J.Nazarov, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar”
kafedrasi mudiri O.Haitova, murabbiylar
kengashi raisi Sh.Norov, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari N.Sariyev, F.Raxmonov,
N.Polvonovlar boshchiligida talabalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish
etildi.
Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchlik-xotirjamlik –
taraqqiyot garovidir.