Kadrlar tayyorlash milliy
dasturida ko‘rsatilgan vazifalarni samarali ravishda amalga oshirish, talabalarning o‘z bilimlarini,
iqtidorlarini namoyon etish va rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, an’anaviy
Respublika fan olimpiadasiga talabalarni tanlash maqsadida joriy yilning 4 aprel
kuni institut miqyosida talabalar fan
olimpiadasining birinchi bosqichi o‘tkazildi.
Fan olimpiadasi
42 ta mutaxassislik va fundamental
fanlardan o‘tkazildi. Olimpiadada o‘quv fanlari bo‘yicha 15 ta fandan 207 nafar va mutaxassislik fanlari bo‘yicha
27 ta fandan 318 nafar talaba ishtirok etdi.
G‘oliblar olimpiadaning
ikkinchi bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘lishdi.
NDKI Axborot xizmati.