E’ZOZU EHTIROM NAMUNASI
Muhtaram
Yurtboshimizning:
“Ayolni e’zozlash, ayolga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi.
Biz, barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi
jamiki ezgu fazilatlar uchun siz, mehribon ayol-lardan umrbod qarzdormiz.”, degan purma’no so‘zlari aziz ayollarimizga
bo‘lgan cheksiz hurmat va e’tiborning amaliy namunasidir.
Navoiy shahridagi “Gulshan”
tantanalar saroyida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar
kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Navoiy davlat konchilik
instituti rektori, professor Q.Sanaqulov barchani qutlab, eng faol pedagog ayollar
faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Institut xotin-qizlari uchun 5-Birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan bayram dasturxoni yozilib, ehtirom
ko‘rsatildi.