Yangiliklar

IJRO INTIZOMI VA HUJJATLAR BILAN ISHLASHDA ISH YURITISHNI TASHKIL ETISH


“Ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlashda ish yuritishni tashkil etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

 

Navoiy davlat konchilik institutida 2021 yil 25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yanvar oyida ijro intizomi bo‘yicha qilgan murojaatlarida bergan ko‘rsatmalariga asosan  Ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlashda ish yuritishni tashkil etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i G.Urulbaeva, devonxona mudiri G.Bekboeva, axborot texnologiyalar markazi boshlig‘i N.Axmedovlar tomonidan institutda hujjatlar bilan ishlashni  takomillashtirish va ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar va tarqatma materiallar berildi.

Seminarda ijroni nazorat qilish, nazorat kartochkalarni yuritish va hisobotlarni shakllantirish bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimida ishlash uslubi haqida tushuncha berildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari, institut rektorining Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni qisqa muddatlarda har tomonlama sinchiklab ko‘rib chiqish va qonun doirasida hal etish hamda nazorat ishlarini kuchaytirish, murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarning amaliy echimlarini  topishga, o‘z muddatida asosli ravishda aniq javoblar berish va murojaatlarning takrorlanmasligiga alohida e’tibor qaratish to‘g‘risida ham ko‘rsatmalar berildi.

O‘tgan 2020 yil davomida jami 57 murojaat qabul qilingan shundan 28 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan, 6 tasi og‘zaki, 12 tasi yozma, elektron pochta orqali              11 ta murojaat kelib tushgan.

2021 yil yanvar-fevral holatiga 6 ta murojaat kelib tushdi va ushbu murojaatlarga qonun doirasida o‘z muddatida javob berildi. Murojaatlar, ularning turi va shaklidan qat’iy nazar, bir xil ahamiyatga ega. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil            10 fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi             61-sonli qarori bilan tanishtirildi va ijrosini ta’minlash maqsadida institutda yuritilayotgan barcha hujjatlar lotin yozuvida bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida ko‘rsatma va tarqatma materiallar berildi.