Navoiy davlat konchilik institutida "Yangi O‘zbekistonni,
albatta, yoshlar bilan birga quramiz!" shiori ostida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi
bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, professor Q.Sanaqulov ma’ruza qildi.
2021 yil – “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash yili” doirasida tashkil
etilgan uchrashuvda keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash,
yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, sog‘lom
va barkamol avlodni voyaga etkazish masalasi muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd
etildi.
Talabalar institut rektoriga o‘zlarining fikr-mulohazalari, yutuqlari va kelajakdagi
rejalari haqida gapirdlar. O‘z navbatida tajribali murabbiy-ustozlar ham o‘zining talabalik yillarini xotirladi, o‘tmish va bugunni
solishtirib, yoshlik yillaridagi voqealardan so‘zlab berdilar.
Ochiq-oshkora,
muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar turli muammo va masalalar yuzasidan erkin
fikr bildirdilar.