Millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymosi hazrat Alisher tavalludining 580 yilligi yurtimizning barcha muassasa hamda tashkilotlarida keng nishonlanmoqda.
Navoiy davlat konchilik institutida
“Alisher Navoiy – Sharq renessansining yorqin namoyondasi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mutafakkirning
boy merosi, asarlarida ulug‘langan milliy va umumbashariy g‘oyalar insonni tarbiyalaydi,
ezgulikka chorlaydi. Tadbirda allomaning ana shunday o‘lmas asarlaridan namunalar
ijro etildi. Talabalar ishtirokidagi g‘azalxonlik va sahna ko‘rinishlari namoyish
etildi.