Giyohvandlik va giyohfurushlik
yosh avlod tarbiyasiga, insoniyat kelajagiga katta ziyon etkazayotgani butun dunyo
hamjamiyatini tashvishga solmoqda. SHu sababli bu ofatga qarshi kurash hozirda Er
kurrasidagi global muammolardan biriga aylandi.
Navoiy davlat konchilik instituti faollar zalida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining
tarqalishiga qarshi kurash oyligi” doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi, viloyat IIB, viloyat
DXX, Viloyat OITSga qarshi kurash markazi va viloyat narkologiya dispanseri xodimlari,
Musurmonlar idorasi viloyat vakilligi va OAV vakillari ishtirok etishdi.