Yangiliklar

“Jamoani shakllantirish, jamoa bilan ishlash hamda etakchilik” mavzusida trening-mashg‘uloti o‘tkazildi


Joriy yilning 21 yanvar kuni Navoiy davlat konchilik institutida “Jamoani shakllantirish, jamoa bilan ishlash hamda etakchilik” mavzusida yoshlar uchun trening-mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Interaktiv tarzda o‘tgan muloqot davomida yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga jalb etish, iqtidorli va iste’dodli yoshlar orasidan istiqbolli yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularda jamoa bilan ishlash etakchilik ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari e’tibor markazida bo‘ldi.