Navoiy
davlat konchilik instituti "Umumiy fizika" kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Lola Zoirova
MDH mamlakatlari yosh olimlari o‘rtasida o‘tkazilgan "BEST YOUNG SCIENTIST-2020" Xalqaro loyihalar tanlovida
faxrli 1-darajali diplom va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. E’tirof etish
joizki, yosh olima 2020 yilning 17 yanvarida "Olima" uyushmasi tomonidan
o‘tkazilgan "Ilm yulduzlari" Respublika intellektual tanlovida hamda
2020 yil 28 fevralida o‘tkazilgan O‘zbekiston ayollarning 100 ta innovatsion loyihasi
Respublika tanlovlarida ham faxrli 1-o‘rinlarni
egallab, institut dovrug‘ini yanada ko‘tarishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.