Navoiy
davlat konchilik institutida 2019/2020 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga
bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uni institut rektori, O‘zbekiston Qahramoni Q.Sanaqulov boshqarib bordi.
Institutda ishlab chiqilgan istiqbolli reja asosida yakunlanib
borayotgan yilda bir necha olimlarimiz dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya
qildilar. Jumladan, N.Abduazizov, Sh.O‘rinov, T.Botirov, U.Sharafutdinov, U.Kostaev,
R.Jo‘raev va I.Egamberdiyevlar fan doktori darajasiga ega
bo‘lgan bo‘lsa, O.Toshev, M.Sa’dullaev, M.Normatova, M.Qurbonov, X.Baqoev, U.Sanaqulov, A.Saidaxmedov, Sh.Jo‘raev, Sh.Maxmudov,
O.Fuzaylov, A.Ro‘ziboev, J.Mavlonov, F.Raxmonov, G.Allaberganova,
A.Shodiev va F.Axtamovlar tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini
oldilar. Jami 23 nafar tadqiqotchi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Joriy yilda institutning ilmiy salohiyati 41,5 foizga etdi.