Yangiliklar

Institutining bitiruvchi kurs talabalari Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lishdi


Navoiy davlat konchilik  institutining  50 dan ortiq bitiruvchi kurs talabalari  Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lishdi.

Tadbir davomida kon-metallurgiya sanoatining xozirgi holati va rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida amaliy tushunchalar oldilar.  Talabalar Markaziy kon boshqarmasining "Muruntov", "Auminzo-Amantoy" oltin konlarida, 5-,7- gidrometallurgiya zavodlarida, Qizilqum sahrosini o‘zlashtirish muzeyida bo‘lishdi. Kelgusida yosh mutaxassislar ushbu  ishlab chiqarish ob’ektlarida amaliyotlarini o‘tash va o‘z o‘qishini tugatgach mutaxassis sifatida ish faoliyatini boshlash imkoniga ega bo‘ladilar.