“Dugonalar bormisiz, omonmisiz!” mavzusida konferensiya o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston
yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
to‘g‘risida” gi, 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash
va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni
ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarni, ayniqsa, qizlarni har tomonlama uyg‘un,
yuksak axloqli, bilimli va milliy qadriyatlarga hamda ona Vatanga sodiq farzandlar
qilib tarbiyalash vazifasi belgilangan. Shu maqsadda 11-oktyabr “Qizlar kuni” munosabati bilan “Dugonalar bormisiz, omonmisiz!”
mavzusida onlayn ZOOM konferensiya o‘tkazildi. Tadbirda institut “Qizlarjon”, “Zulfiyaxonim
izdoshlari” klubi a’zolari, faol talaba-qizlar
faol ishtirok etishdi.