Yangiliklar

TILGA HURMAT – HAMMANING BURCHI


O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbek tili haqida” qonun qabul qilinganligining 31 yilligi bayram tadbirlari Navoiy shahridagi buyuk adib va mutafakkir, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida boshlandi.  U erda erta tongdan tilshunos olimlar, adabiyotshunoslar, shoir, yozuvchilar, ta’lim ilg‘orlari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari jam bo‘lishdi. Viloyat rahbarlari, tashkilot, korxona va ta’lim muassasasi, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan xiyobon markazidagi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Tadbirda ishtirok etgan Navoiy davlat konchilik instituti professor-o‘qituvchilari ham ulug‘ adibga ehtirom ko‘rsatib, ta’zim bajo etdilar.

Bayram tadbirlari shahardagi “Farhod” madaniyat saroyida davom etib, u erda ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.