Yangiliklar

Ona tilim - xalqim g‘ururi


Til – millatning ma’naviy boyligi. Til - davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan.

Yangilanishlar shiddati va ulug‘ maqsadlarga shaylanish jarayonlari aro ma’naviyatimizning, ma’rifatimizning asosi bo‘lmish ona tilimizni e’zozlab “O‘zbek tili bayrami kuni” e’lon qilinishining o‘ziyoq katta bir tarixiy voqeadir. Joriy yilning 15 oktyabr kuni Navoiy davlat konchilik instituti “O‘zbek va chet tillar” kafedrasi hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan “Ona tilim - ona xalqim g‘ururi” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda talabalar ona tilimiz madh etilgan she’rlar o‘qishdi. Shuningdek, o‘zbek tilining sha’nini yuksakliklarga ko‘taruvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.