Xalqimiz boshiga og‘ir sinovlar tushgan paytida mamlakatimiz
xalqi haqiqiy birdamlikni, mehr-saxovatli
bo‘lishni namoyon etdi. Pandemiya davrida bir maqsad ostida xalqimiz birlashdi,
yoshlarimiz ham bu kabi xayrli ishlardan chetda turmadi. Yoshlarimizning tashabbuslari
e’tiborsiz qolmadi. Viloyatimizning bir guruh yoshlari “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonini bilan taqdirlandilar.
Ular orasida Navoiy davlat konchilik instituti talabalari Gulruhsor Qodirova va
Elbek Bahronovlarning borligi bizni behad quvontiradi.