Joriy
yil 12 oktyabr kuni Navoiy davlat konchilik institutida 1-kursga talabalikka tavsiya etilganlar uchun tanishuv darslari boshlandi.
Tanishuv
darslari belgilangan dars jadvallari asosida tashkil etilib, uchta fakul’tet va
Nukus filialida ta’lim yo‘nalishi uchun darslar tashkil etildi.
An’anaviy
ta’lim shaklida boshlanayotgan ushbu dars jarayonlari karantin qoidalariga to‘liq
amal qilgan holda, auditoriyalarning 50 foizdan ko‘p qismiga talabalarni kiritmasdan
olib borilmoqda. Juftliklar orasida talabalarga 10 daqiqalik tanaffus beriladi.
Tanishuv
darslarida dastlab madhiyamiz yangrab, 1-bosqich
talabalariga dars jadvali, dars beradigan o‘qituvchi va professorlar bilan tanishtirildi.
Kerakli darsliklar va foydalaniladigan adabiyotlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, darslarda oliy ta’lim muassasasi
talabasi maqomi, o‘tiladigan darslar, muhim qoidalar, kredit-modul tizimida o‘qish tartibotlari to‘liq
tushuntirildi.