Yangiliklar

O‘ZBEKISTON QAHRAMONI BILAN ONLAYN UCHRASHUV


           Navoiy davlat konchilik institutida O‘zbekiston Qahramoni Farhod Soyibov bilan  talabalar o‘rtasida onlayn  videochat shaklida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

      Tadbirni institut prorektori Jamoliddin Nazarov kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimizda mustaqillikni yanada mustahkamlash yo‘lida bugun barchamiz yangi O‘zbekistonni barpo etishga, uning mustahkam zaminini yaratishga kirishilgani, O‘zbekiston tom ma’noda milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari yuz tutayotganligini ta’kidladi.

      Samimiy muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda F.Soyibov o‘zining hayot yo‘li, jumladan, Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimida erishgan yutuqlari haqida gapirib berdi. Uchrashuv qatnashchilarining savollariga batafsil javob qaytardi.