MAMLAKATIMIZ MUSTAQILLIGINING 29 YILLIGI!
Mamlakatimiz
mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “Sen – qudrat manbai, saodat maskani,
jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida turli onlayn uchrashuvlar, konferensiya, seminar,
madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Navoiy davlat konchilik
institutida shunday onlayn shaklidagi bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir institut
professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalar
va sportchi yoshlar ishtirokida karantin talablariga rioya qilingan holda o‘tkazildi.