Navoiy davlat konchilik instituti talaba-yoshlari o‘rtasida “Ma’rifatli yoshlar – yurt ko‘zgusi” shiori
ostida “Mening yurtim – mening faxrim” mavzusida ijodiy insholar tanlovi o‘z
yakuniga etdi. Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, birinchi o‘rinni institutning
konchilik fakul’teti talabasi Nigina Yusupova
qo‘lga kiritdi. Faxrli ikkinchi o‘rinni kimyo-metallurgiya fakul’teti talabasi Sabina Nosirova egallagan bo‘lsa,
uchinchi o‘ringa energo-mexanika
fakul’teti talabasi Umida Boboxonovalar munosib topildi. G‘oliblar maxsus
diplomlar bilan taqdirlandilar.
Shuningdek,
kimyo-metallurgiya fakul’tetidan Charos
Safarova, Zebiniso Iskandarova, konchilik fakultetidan Mastura Murodullaeva,
Feruza Rajabova, energo-mexanika
fakul’tetidan esa Suxrob Shaxobidinov,
Nafosat Sultonova kabi talabalar tashkiliy qo‘mitaning tashakkurnomalari bilan
rag‘batlantirildi.
NDKI Axborot xizmati