Navoiy davlat konchilik instituti talaba-yoshlari o‘rtasida “Ma’rifatli
yoshlar – yurt ko‘zgusi” shiori ostida “Mening yurtim – mening faxrim”
mavzusida ijodiy insholar tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlovga taqdim etiladigan insholar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
– mavzuning
mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;
– ijodiy ish
(insho)ning stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;
– mavzuni
yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar;
– mustaqil
fikrlarning aniq bildirilganligi;
– mavzuni
yoritishda o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi.
Insho matni talabalar tomonidan yozma shaklda bayon etiladi va har bir
mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi (jami 50 ball).
Izoh: tanlov
har bir fakultetda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda
guruh murabbiylari rahbarligida o‘tkaziladi. Fakul’tetlardan 1,2,3-o‘rin g‘oliblarining ijodiy
ishlari joriy yilning 20 mayiga qadar institut bosqichi
(“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi)ga taqdim etiladi.
Tanlov g‘oliblari 2020 yil 5 iyun kuni e’lon qilinadi.