Muborak Ramazon oyida "Saxovat va
ko‘mak" jamg‘armasiga yurtdoshlarimiz o‘zining mablag‘larini ko‘chirib
berib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari ko‘payib bormoqda. Shu kunlarda kombinat
korxonalari mavjud Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Navoiy, Samarqand,
Jizzax, Surxondaryo viloyatlarining maxsus komissiyasi tomonidan
shakllantirilgan ro‘yxat asosida 2700 ta kam ta’minlangan oilalarga uch oy
mobaynida 13 turdagi eng zarur oziq-ovqat
mahsulotlaridan iborat to‘plamlari etkazib berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialining uch nafar
ijtimoiy himoyaga muhtoj ishchi-xodimiga
uch oyga etadigan 13 turdagi oziq-ovqat
mahsulotlari to‘plami etkazildi.