Yaponiyaning “Goi tinchlik” (“The Goi
Peace Foundation”) jamg‘armasi YUNESKO tashkiloti va Yaponiyaning ta’lim,
madaniyat, sport, fan va texnologiya vazirliklari bilan hamkorlikda yosh o‘spirimlar
o‘rtasida “2030 yilda o‘zimdan
maktub” (“A
Letter from Myself in 2030”) mavzusida insholar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov g‘oliblari 100 ming yen (900 AQSH dollari) bilan
mukofatlanadi va 2020 yil noyabr oyida Yaponiyada o‘tkaziladigan tag‘dirlash
marosimiga borish-kelish xarajatlari
qoplanadi.