Insoniyat boshiga tushgan ofat – koronavirus pandemiyasi davrida o‘quv
jarayonlarini tashkil etishga asta-sekin
tayyorgarlik ko‘rib borishga ruxsat berildi. Xususan, olimlar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari,
professor-o‘qituvchilar sanitariya-gigiena normalarini ta’minlagan holda
o‘z laboratoriya va kafedralarida kundalik ishlarini davom ettirishmoqda.
Navoiy davlat konchilik institutida konchilik, energo-mexanika, kimyo-metallurgiya fakul’tetlari hamda Nukus filiali
mavjud bo‘lib, ulardagi 14 ta kafedrada jami 201 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan
20 nafari fan doktori, professorlar, 70 nafaridan ziyodi fan nomzodlaridir.
Zamonaviy o‘quv-laboratoriya
xonalari, auditoriyalari, kompyuter sinflari va server xonalari zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari bilan jihozlangan. NKMK Navoiy mashinasozlik zavodiga qarashli
bino rekonstruksiya qilinib, “Texnopark” tashkil qilingan.
Bugun institutning barcha kafedralarida, laboratoriya xonalarida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar ilmiy
faoliyatini davom ettirib, elektr energetikasi, texnologik jarayonlar va ishlab
chiqarishlarni avtomatlashtirish hamda boshqarish, konchilik ishi, konchilik
elektr mexanikasi, metallurgiya, mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, kimyoviy texnologiya kabi sohalarda
izlanishlarini olib boryaptilar.
NDKI Matbuot xizmati