Yangiliklar

SARDOBA, BIZ SEN BILAN!


Sinovli kunlarda ofatdan zarar ko‘rgan sardobalik hamyurtlarimizni mamlakatimiz xalqi har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda.

Bugun ertalabdan Navoiy davlat konchilik instituti jamoasi ham chin ko‘ngildan ko‘mak va yordam ishlarini tashkillashtirdilar. Sardobaliklarning kundalik ehtiyoj uchun kerak bo‘lgan kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari, xo‘jalik mollari, sanitariya-gigiena vositalari va idish-tovoqlar jamlanmasi ortilgan avtomashina viloyat tomonidan jo‘natilayotgan yordam karvoniga borib qo‘shildi.