Yangiliklar

Futbol musobaqalari


Avval xabar berganimizdek, Talabalar kunidan boshlangan fakultet birinchiligi uchun guruhlararo futbol musobaqasining  g‘olib jamoalari aniqlandi. Musobaqa bosh hakami X.Yu.Taniberdiev va “Konchi” sport klubi raisi o‘rinbosari O.Q.Davulovlarning bizga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Energo-mexanika fakultetining 4-bosqich, Konchilik fakultetining 3-bosqich va Kimyo-metallurgiya fakultetining 3-bosqich talabalari o‘z fakultetlari doirasida barcha jamoalardan ustunliklarini ko‘rsatdilar. Endi shu jamoalar futbol musobaqalarida institut birinchiligi uchun o‘zaro kuch sinashadilar.