ENG ZUKKO TALABALAR
Navoiy davlat konchilik instituti va Navoiy davlat
pedagogika instituti hamjihatligida "Talabalik-bebaho davrim" shiori ostida o‘tkazilgan barcha tadbirlar o‘z
nihoyasiga etdi. Kecha, 2019 yilning 15 noyabr kuni Talabalar haftaligi doirasida o‘tkazilgan barcha
tadbirlarda faol ishtirok etgan, sport o‘yinlari
va loyihalarda g‘olib bo‘lgan bir guruh talabalar O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Navoiy viloyat
kengashi tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, Navoiy davlat konchilik instituti talabalari jamoasi "Eng
zukko talabalar"nominatsiyasi g‘olibi, deb e’tirof etildi.