Yangiliklar

TALABALIK-BEBAHO DAVRIM


2019 yilning 12 noyabr kuni Navoiy shahridagi Yoshlar Markazida Navoiy viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “TALABALIK-BEBAHO DAVRIM”  shiori ostida 12 noyabrdan 15 noyabrgacha “TALABALAR HAFTALIGI” o‘tkazilishi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda OAV xodimlariga ushbu haftalikning maqsadi va haftalik doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi. Anjumanda talabalarning haftalikni tashkillashtirishga doir fikr va mulohazalari, taklif va istaklari  ham tinglandi.