Navoiy
davlat konchilik instituti “Iste’dod sohiblari” adabiy to‘garagi faoliyati kitobxonlar,
nazm va nasrda ijod qilishga qiziquvchi havaskor talabalar iste’dodini yanada rivojlantirish,
ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan.
To‘garakda
“She’riyat
ilmi”dan saboq darslari tashkil etilgan bo‘lib, kuni kecha shunday saboq darsini
NDKI filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Manzura Abjalova boshlab
berdi. Shuningdek,
Navoiy viloyatining taniqli shoirasi Dilnoza Abduhamidova bilan hamkorlik faoliyati
yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Dilnozaxon darsda vazn turlari, she’rni tahlil qilish qoidalari
va she’r yozish mahoratini shakllantirish borasida ta’lim berdi.
“She’riyat ilmi” saboq darslari davom etadi.