Sahardan boshlangan xayrli ish kun davomida odamga xush
kayfiyat bag‘ishlaydi.
Bugun NDKIda katta tantana ham xuddi shunday boshlandi.
“O‘zbek va chet tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari
va talabalarning sa’y-harakati bilan
o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi bayram dasturlari institut
hovlisida barchani davlatimiz ramzlari tasviri solingan emblemalar va bayroqchalar,
sharlar va albatta musiqa sadolari ostida kutib olish bilan boshlandi. Hamma xursand!
Hamma minnatdor! To‘g‘ri-da, xursand
bo‘lmay bo‘ladimi, axir o‘zbek tili tillar orasida eng go‘zali va boy tildir! SHunga
yarasha tayyorgarlik ham bo‘lishi kerak, shodiyona uchun!
Kun davomida Sizga bayram tantanalari to‘g‘risidagi axborotlarni
etkazib turamiz.