Yangiliklar

SHE’RIYATGA OSHUFTA KO‘NGILLAR


Navoiy davlat konchilik instituti Axborot-resurs markazida “Iste’dod sohiblari” adabiy to‘garak a’zolari ishtirokida she’riyat kechasi o‘tkazildi. Tadbirni filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Manzura Abjalova tashkil qilgan bo‘lib, unda she’riyatga oshufta talabalar hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli muzey direktori, jurnalist Salima Xoldorova, Navoiy viloyatining taniqli shoira qizi Dilnoza Abduhamidovalar ishtirok etishib, dildagi so‘zlari va qalbidagi hayotga hamohang tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashishdi.