Yangiliklar

MEHRIBONLIK UYIGA TASHRIF


Mehr-muruvvat hamma zamonlarda ulug‘langan. Inson ko‘p narsadan to‘yishi mumkin, faqat mehrdan va go‘zallikdan emas. Ayniqsa, mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilariga mehr ulashish savob amallarning eng afzallaridan biri hisoblanadi.

Shahrimizdagi Mehribonlik uyiga tashrif buyurgan “Lochin”, “Muruvvat”, “Orzu” mahallalarining faollari va mehnat faxriylari hamda Navoiy davlat konchilik instituti professori Bozorova Saodat Djamolovnalar shu yilning 12 oktyabr kuni tarbiyalanuvchilarga “Kasbim-faxrim” mavzusida davra suhbati uyushtirishdi. Suhbat davomida kasb tanlash arafasida turgan, kelajakka yangi orzu-umidlar bilan qarayotgan tarbiyalanuvchilarning kasbga, hayotga va ilmga oid barcha savollariga mufassal javob berildi.

Tadbir so‘ngida ustoz S.Bozorova milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi adabiyotlarni mamnuniyat bilan ulashdilar.