Kecha, 2019 yilning 11 oktyabr
kuni 11G-18 Er osti kon ishi guruhi talabalari Navoiy kon-metallurgiya kombinatining
“Farhod” madaniyat saroyi muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzeydagi har bir eksponat
kombinat va institutimiz tarixidan so‘zlaydi. Guruh murabbiysi Muhabbat Ravshanova
ular haqida to‘la va aniq ma’lumotlar berdi.