Yangiliklar

“Notiqlar” guruhi chorlaydi!


Navoiy davlat konchilik institutida Prezidentimiz belgilab bergan 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilyapti. 20 dan ortiq ishtirokchisi bo‘lgan “Notiqlar” guruhining ishlari esa maqtovga loyiq. Guruh reja asosida mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘ygan. Boshlovchi Dilshod Muhammatov o‘z mashg‘ulotlarida ustoz Rahimboy Jumaniyozovning notiqlik san’atiga doir adabiyotlaridan unumli foydalanmoqda.

Bugun guruhning navbatdagi mashg‘uloti soat 1.30 da institutning Yoshlar ittifoqi etakchisi xonasida bo‘ladi. Barcha qiziquvchi talabalarni taklif etamiz.

Murojaat uchun telefon: (94) 259-07-00