“O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘,
hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi” nomli yangi asari nashr qilindi.
Mazkur kitob Prezident asarlarining 3-jildi hisoblanib, kitob 3 bo‘limdan iboratdir.
Asarning birinchi bo‘limiga mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar
munosabati bilan so‘zlangan nutq va ma’ruzalar kiritilgan.
Kitobning ikkinchi bo‘limidan esa xorijiy davlatlar va
nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma’ruzalar,
uchinchi bo‘limdan yurtimizda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy
sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo‘llangan
tabriklar o‘rin olgan.