Yangiliklar

BELARUS MILLIY TEXNIKA UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILADI


9-10 oktyabr kunlari Navoiy davlat konchilik institutiga Belorus milliy texnika universitetidan bir guruh olimlar tashrif buyurishdi. BMTU "Politex" Ilmiy-texnika parki bosh direktori o‘rinbosari Gancheryonok Igor Ivanovich, BMTU Muhandislik ta’limini rivojlantirish va o‘quv jarayonini tashkil qilish markazi boshlig‘i Snarskiy Andrey Stanislavovich, Belorus va rus tillari kafedrasi mudiri Budko Irina Mixaylovnalardan iborat delegatsiya a’zolari NDKI ning o‘quv va laboratoriya xonalari va institut texno-parki bilan tanishishdi. Muzokaralarda:

- yozgi ta’tilda BMTUga NDKI talabalarining qurilish brigadasini (amaliyot o‘tash maqsadida) jo‘natish;

- almashinuv dasturlari asosida talabalarni NDKIdan BMTUga, BNTUdan NDKIga jo‘natish;

- Xalqaro Erasmus+, Horizon 2020, Fulbright va shu kabi loyihalarda hamkorlikda ishlash;

- hamkorlikda ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga kelishib olindi.

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab 7 ta bakalavr (Mashinasozlik texnologiyasi, Metrologiya, Elektroenergetika, Energetika, Konchilik ishi, Iqtisodiyot, Avtomatlashtirish), 4 ta magistr (Kon mashinalari, Mashinasozlikda innovatsion texnologiyalar, Metallurgiyada innovatsion texnologiyalar, Elektroenergetika va elektrotexnika) yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga quyish kelishib olindi.