Yangiliklar

“ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ORQALI TAHDIDLARGA YO‘L YO‘Q!” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI


2019 yilning 27 sentyabr kuni o‘tkazilgan tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor J.Nazarov, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi etakchi mutaxassisi Mardonov Sardor Azamatovich, Kimyo-metallurgiya fakulteti dekani N.A.Doniyarov, Kimyo-metallurgiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.T.Sariev, kafedra mudiri  M.R.Ishmamatov va kafedra professor-o‘qituvchilari, «Kimyo-metallurgiya» yo‘nalishining 1-kurs talabalari ishtirok etishdi.

Ma’ruzachilar o‘z so‘zlarida hollarda zamonaviy axborot texnologiyalari yosh avlod intellektual salohiyatini rivojlantiruvchi vosita emas, balki ko‘ngilxushlik qiladigan matohga aylanib qolayotgani haqida kuyinib gapirishdi.

Tadbir  mavzu  yuzasidan  qiziqarli bahs-munozaralar va savol-javoblarga asosida  o‘tkazildi.