“Molodiye znatoki” to‘garagining yosh bilimdonlarini
saralab, ularni o‘qish va bilimga qiziqtirayotgan ustozlardan biri Navoiy davlat
konchilik instituti Kimyo-metallurgiya fakulteti o‘qituvchisi Shuhrat Norovdir. 27 sentyabr kuni “Ustozlar
va murabbiylar” kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan “CHTO? GDE? KOGDA?” intellektual o‘yinida
“CHTO? GDE? KOGDA?” klubining Navoiy viloyat raisi I.I.Korjikova ham ishtirok etdi
va bilimdon, zukko talabalarning javoblarini baholadi, ularning salohiyatini e’tirof
etdi. O‘yinda 3 ta fakultetdan 4 ta guruh qatnashdi. G‘oliblikni Energo-mexanika
fakulteti, 2-3-o‘rinlarni Kimyo-metallurgiya fakulteti talabalari qo‘lga kiritishdi.
Ularga institut rahbariyatining
diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Ilm olishda charchamang, bilimdonlar!